Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azo qochqinlariga hujumda kamida 10 falastinlik halok bo‘ldi

A A A
G‘azo qochqinlariga hujumda kamida 10 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasi G‘azo shahriga janubdan kelayotgan yordam yuk mashinalarini kutayotgan falastinliklarga hujum qildi. Hujum oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi.

Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorini shimoldan janubga bog‘laydigan qirg‘oq chizig‘idagi Rashid ko‘chasidagi Nablusi chorrahasi bilan 10-ko‘cha o‘rtasidagi hududda yordam yuk mashinalarini kutayotgan o‘n minglab falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 15 nafari yaralangan.

Yaradorlar G‘azo shahri g‘arbidagi Shifa kasalxonasiga yetkazildi.

Kiritildi: 01:56 26.02.2024. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!