Trampning “tinchlik rejasi” 1 mlrd dollar ham yig‘a olmadi.
G‘azoni qayta qurish uchun va’da qilingan milliardlab dollar mablag‘ “g‘oyib bo‘ldi”, AQShning yirik loyihasi halokat yoqasida. Dunyo hamjamiyati va’da bergan 17 milliard dollarning atigi 5 foizi jamg‘arilgan bir paytda, urushdan vayron bo‘lgan hududni boshqarishi kerak bo‘lgan hukumat a’zolari Qohiradagi mehmonxonalarda “surgunda” qolmoqda.