Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azo etti yillik sulh taklif qildi

 G‘azo etti yillik sulh taklif qildi

Qatar va Misr Isroil va XAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi. BBC xabariga ko‘ra, muzokaralar 5-7 yillik sulh, barcha isroillik garovga olinganlarni falastinlik asirlarga almashish, urushni rasman tugatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqishni o‘z ichiga oladi.

Xamas vakillari maslahatlashish uchun Qohiraga keldi, deya aniqlik kiritdi telekanal. Ikki arab davlatining tinchlik rejasiga Isroil hozircha javob qaytargani yo‘q. Avvalgi sulhga urinish muvaffaqiyasizlikka uchradi, har ikki tomon bir-birini buzilishda aybladi. Isroil 18-mart kuni havo hujumlarini qayta boshladi va tanklarni G‘azoga olib kirdi va hududni to‘liq blokadaga oldi. Oxirgi oy davomida eksklavda uyushtirilgan zarbalar natijasida 1500 dan ortiq falastinlik, asosan ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

Dushanba oqshomidan beri Isroilning G‘azoda uyushtirgan yangi havo hujumlarida 22 kishi halok bo‘ldi. Portlashlar Xon Yunus, Jabaliya, Bayt-Lahiya va G‘azo shaharlarida sodir bo‘ldi. Vayronalarni tozalash va jabrlanganlarni qutqarish uchun foydalanilgan uskunalar vayron qilingan. Isroil tanklari Rafahning janubiy qismiga kirib, odamlar va binolardan butunlay xoli bufer zona yaratishga kirishdi.

Muzokaralardan xabardor Bi-bi-si manbasiga ko‘ra, Xamas G‘azo boshqaruvini milliy va mintaqaviy darajada kelishilgan har qanday Falastin tuzilmasi – Falastin ma’muriyatidan tortib, yangi muvaqqat organgacha topshirishga tayyorligini bildirgan.

Biroq, Isroil Falastin hokimiyatining G‘azoga qaytishiga qat’iyan qarshi - Tel-Aviv hududni egallab, butun Falastin aholisini eksklavdan chiqarib yubormoqchi.

Muzokaralar Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning qattiq pozisiyasi fonida o‘tkazilmoqda, u XAMAS butunlay yo‘q qilinmagunicha va barcha garovga olinganlar ozod etilmaguncha urush tugamaydi, degan. Falastin harakati esa bunga javoban, asirlar ozod etilmaguncha urushni tugatish kerakligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 14:56 23.04.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!