Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Gazlashmagan uy xo‘jaliklari uchun elektr energiyasiga 50 foizlik chegirma 1 yanvardan kuchga kiradimi?

A A A
Gazlashmagan uy xo‘jaliklari uchun elektr energiyasiga 50 foizlik chegirma 1 yanvardan kuchga kiradimi?

Energetika vaziri gazlashmagan uy xo‘jaliklari uchun ham xuddi gazlashtirilmagan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda bo‘lgani singari elektr energiyasiga 50 foizlik chegirma berilishi haqida
e’lon qilgandi.

Bu, masalan, gazlashmagan qishloq joylarda oyiga 200 kVt.soat elektr energiyasi ishlatadiganlar kVt.soatiga 225 so‘m, 200-1000 kVt.soat elektr energiyasi ishlatadiganlar kVt.soatiga 450 so‘m haq to‘lash mumkin degani.

"Buni 1 yanvardan joriy etishga harakat qilamiz", — deyilgandi o‘shandi. Va’da aytilganiga deyarli 2 oy bo‘ldi, ijro qilinishi kerak bo‘lgan muddatgacha 29 kun vaqt qoldi. Agar masala o‘zbekistonliklar uchun qanaqadir yangi taqiq yoki o‘g‘ri oligarxlar uchun imtiyozlarga oid bo‘lganida allaqachon qaror qabul qilib bo‘lingan bo‘lardi.

Gazlashmagan hududlarda har bir xonadonga 35 kunda bitta propan baloni yetkazilishi tartibi uzluksiz ishlayotgani yo‘q. Propan baloni yetkazish davriyligi 2-3 oyga cho‘zilib ketishi, buning ustiga narxlardagi farqlar tufayli korrupsiyalashgani muammoga aylangan.

Birato‘la 50 foizlik chegirma bilan birga, masalan energosamaradorligi A toifadagi elektr plitalar uchun ajdarho bojlar ham bekor qilinishi kerak.

Kiritildi: 08:53 03.12.2024. O'qildi: 3321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!