— Assalomu alaykum, ustoz! Alloh ilmingizni bundan ham yuqori qilsin. Men Rossiyada ishlayman, ish joyimda har xil millat va din vakillari bor. Boshqa din vakili menga “Assalomu alaykum”, deb salom bersa, men ham alik olishim, ya’ni javob berishim kerak, deb tushunaman. Shu to‘g‘rimi?
— Hanafiy mazhabimizda ahli zimmaga (musulmonlar ichida yashayotgan g‘ayridinlar) salom berish makruh. "Assalamu ala manittabaal huda" - "Hidoyatga ergashganlarga salom bo‘lsin" shaklida salom berish mumkin.
Ammo zimmiyning salomiga alik olish bizning mazhabimizda joiz. Alik olishda "Va alaykum" bilan cheklanadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar sizga ahli kitob salom bersa, ularga: "Va alaykum", deng", deganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).
Alloh yanada biluvchi.