Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi mavsumda Mark-Andre ter Shtegendan asosiy sardorlik bog‘ichini olishni rejalashtirmoqda.
Sport nashri xabariga ko‘ra, agarda klub nemis golkiperini sardorlikdan mahrum etsa, uning o‘rniga Gavi tayinlanishi mumkin.
Gavi "ko‘k-anorranglilar" asosiy jamoasida 2021 yildan buyon to‘p tepmoqda. U jamoa uchun jami 153 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 17 ta assist bergan.