Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Garvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi

 Garvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Bu haqda Garvard universiteti prezidenti Alan Garber o‘z bayonotida ma’lum qildi.

Garberning aytishicha, universitet federal hukumatning “noqonuniy talablarini” bajarishdan bosh tortganidan keyin javob choralariga duch kelgan. Xususan, Tramp ma’muriyati 2,2 milliard dollarlik grant muzlatib qo‘yishga qaror qilgan va yana bir milliard dollarni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, universitet prezidentining ta’kidlashicha, Garvardni soliq imtiyozlaridan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu universitetning ta’lim, ilmiy va tibbiy faoliyati uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

"Garvard universitetini moliyalashtirishni muzlatish noqonuniy va hukumat vakolatidan tashqarida, shu sababli universitet sudga murojaat qilishga qaror qildi. Tramp ma’muriyati Garvardning akademik mustaqilligini cheklashga urinmoqda. Bugun biz Amerika oliy ta’limini dunyo uchun etalonga aylantirgan qadriyatlarni himoya qilmoqdamiz", — dedi Garber o‘z bayonotida.

Kiritildi: 14:16 22.04.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!