Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2024 yil 22-oktyabrdagi qaroriga asosan AT “Xalq banki” foydasiga qarzdor B.I va boshqalardan 734,4 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Xovos tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida garov mulki hisoblangan, Xovos tumani "Istiqlol" mahallasida joylashgan uy-joy xatlanib, 821,2 mln. so‘m boshlang‘ich narhda auksion savdosiga qo‘yilgan.
MIB Xovos tumani bo‘limi Davlat ijrochisi Botirjon Tag‘ayev xabariga ko‘ra, mazkur garov mulki o‘tkazilgan auksion savdolarida sotilmaganligi sababli, 10 foiz arzonlashtirilgan 739,1 mln. so‘m narhda kredit qarzdorligi evaziga undiruvchi AT “Xalq banki” balansiga topshirilgan.