Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 381 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorining Bayt Lahiya, Jabaliya, Nuseyrat va Shati lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 42 603 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘azo shimoli, ayniqsa Jabaliya lageri va Bayt Lahiya hududi fashistlar tomonidan 17 kundan buyon qamalda. Odamlar nafaqat bombalardan, balki ochlikdan ham o‘lishmoqda. Jabaliya lagerining ikkinchi bloki butunlay vayron qilingan.
▪️G‘arbiy Sohilda ko‘chmanchilar 5-kun ketma-ket Al-Aqso masjidiga bostirib kirmoqda. G‘arbiy Sohildagi Al-Xalil, Nablus, Ramalloh va Baytlahmda ham hujum va reydlar amalga oshirilmoqda. Ikki falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar hibsga olindi.
▪️YUNRVA: Isroil G‘azo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni evakuasiya qilish bo‘yicha shoshilinch talabni rad etdi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida ishg‘ol zirhli tankini portlatib yubordi. Internetda yirtiq poyabzaldagi qarshilik jangchisining fotosuratlari tarqalmoqda. Ushbu pistirmada urush boshlangandan buyon eng yuqori martabali zobit – polkovnik Ihsan Daksa yo‘q qilindi.
▪️Hizbulloh ishg‘ol ostidagi Hayfa, Kiryat Shmona, Tiberiya va Margaliotga 70 dan ortiq raketa uchirdi. Beyt-Xilldagi harbiy bazaga hujum uyushtirildi. Bosib olingan hududlarning shimolida yong‘in davom etmoqda.
▪️Bosqinchilar Livanning Tir va Xazen, Baalbek shaharlari hamda Bayrutning janubiy chekkasidagi Marja tumani chekkalariga qator hujumlar uyushtirdi.