Isroil armiyasi Eronning g‘arbiy hududlariga nisbatan yangi aviahujumlar amalga oshirgani haqida davlat televideniyasi KAN xabar berdi.
Televideniyaning ma’lum qilishicha, Isroil harbiylari vakili (nomi oshkor etilmagan) hujumlar amalga oshirilganini tasdiqlagan. Hozircha Isroil Mudofaa armiyasi (IDF) tomonidan rasmiy bayonot berilmadi.
Hujumlar Eronning g‘arbiy hududlarini nishonga oldi.
Televideniya hujum tafsilotlari yoki yo‘qotishlar haqida ma’lumot taqdim etmagan.
Eron tomoni hozircha javob bayonoti bilan chiqmagan.