Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbati "Moskva va Vashington endi muammolarni muloqot orqali hal qilishini, urush haqida emas, tinchlik haqida so‘zlashishini anglatadi". Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovning aytishicha, Trampning bunday pozisiyasi "har qanday sog‘lom fikrli kishini o‘ziga jalb etishi kerak". U Rossiya Federasiyasining AQShning avvalgi ma’muriyati bilan hech qanday muloqoti bo‘lmaganini eslatib o‘tdi.
Peskov yana shuni qo‘shimcha qildiki, "G‘arb sanksiyalari Rossiya Federasiyasi va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarga to‘sqinlik qila olmaydi, ular qanday tez joriy etilsa, shunday tez bekor qilinadi".