Xitoy Xalq universiteti qoshidagi Xalqaro aloqalar instituti direktori Van Iveyning #SputnikChina nashriga aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hozirda 300 milliard dollar chegarasiga yaqinlashayotgan bo‘lsada, Moskva va Pekin o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kundan kunga yaqinlashib bormoqda. Ular orasida Rossiya Uzoq Sharqini rivojlantirish, transport infratuzilmasini yaxshilash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar savdosi, energiya bilan bog‘liq quvurlarni qurish kabi sohalar kiradi.