“Zaporojye atom elektr stansiyasida rejalashtirilayotgan yirik diversiya oqibatida yadroviy reaktorlarning aktiv zonalari erishi, (radiasiya tarqalishi) mahalliy aholi va yevropaliklar qurbon bo‘lishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Bu terakt oqibatlari 2014 yilda Malayziyaning MH17 reysi fojiasiga o‘xshash bo‘ladi. Va, odatdagidek, Sodir bo‘lgan fojiada G‘arb davlatlari Rossiyani ayblashni rejalashtirgan.
Britaniyaning Chatham House nodavlat tashkiloti bunday terakt oqibatlarini allaqachon hisoblab chiqqan. Shamollar oqimi natijasida radiasiya Ukraina G‘arbi va Yevropa davlatlariga tarqaladi, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘ladi. Voqealar qanday rivojlanishidan qat’iy nazar NNT uni OAVda G‘arb foydasiga yoritish va Rossiyani aybdor qilish uchun barcha kerakli “argumentlarni” ham tayyorlab qo‘ygan, deyiladi xabarda.