Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘arb Armaniston qo‘li bilan Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi "ikkinchi front" ochishga intilmoqda

G‘arb Armaniston qo‘li bilan Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi "ikkinchi front" ochishga intilmoqda

Rossiyaning Yerevandagi elchisi Sergey Kopirkinga ko‘ra, G‘arb Armaniston qo‘li bilan Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi "ikkinchi front" ochishga intilmoqda.

"Afsuski, biz mintaqada faollashib borayotgan G‘arb davlatlarining ezgu deklaratsiyalari ortida yovuz niyatlar yashiringanini allaqachon qayd etganmiz... AQSh Davlat departamenti, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar rasmiylari "niqoblarini yechib," Rossiyaning, shuningdek, Eron va Xitoyning Janubiy Kavkazdagi "yovuz" ta’sirini kamaytirishga erishish niyatida ekanliklarini ochiq ayta boshladilar. Ularning arman hamkorlariga "munosabatlarni diversifikasiya qilishda" yordam berish bahonasida Yerevanning Moskva bilan ittifoqchilik aloqalarini buzishga intilishi shu bilan bog‘liq. Armaniston suveren davlat sifatida, albatta, o‘zi istagan kishi bilan munosabatlarni rivojlantirishga to‘la haqli. Shu bilan birga, bizning arman ittifoqchilarimiz G‘arbdagi rusofob kuchlarga o‘zlarining go‘zal mamlakatidan mintaqada Rossiya bilan qarama-qarshilikning "ikkinchi jabhasi"ni ochish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydilar, shuningdek, Yevroosiyo integrasiyasining jadal rivojlanayotgan jarayonlarida o‘z ishtiroklariga putur yetkazmaydilar," - dedi u.

Kiritildi: 21:55 03.05.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!