U avvalroq Angliya — Gana uchrashuvi oldidan Harri Keynga afsun qilgani, o‘yindan keyin esa uni bekor qilganini da’vo qilgan edi. Endi esa Nana Kvaku Bonsamning aytishicha, Portugaliyaning jahon chempionligi «ruhlar olamida allaqachon hal qilingan». Shu bilan birga, u Krishtianu Ronalduga maxsus marosim o‘tkazishni tavsiya qilib, daryoga 17 shisha shampan va 17 shisha viski quyish kerakligini aytgan.