Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ganada harbiy vertolyot qulashi oqibatida mamlakat mudofaa vaziri halok bo‘ldi

Ganada harbiy vertolyot qulashi oqibatida mamlakat mudofaa vaziri halok bo‘ldi

Ganada harbiy vertolyot halokatga uchrashi natijasida mamlakat mudofaa vaziri Edvard Oman Boama vafot etdi. Bu haqda Pulse Ghana portali bosh shtab boshlig‘i Julius Debraning ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, vertolyot bortida jami 8 kishi bo‘lgan: 3 nafar ekipaj a’zosi va 5 nafar yo‘lovchi

Vertolyot bortida Boamadan tashqari atrof-muhit, fan, texnologiyalar va innovasiyalar vaziri Ibrohim Murtala Muhammad, sobiq oziq-ovqat vaziri Samuel Sarpong, sobiq deputatlikka nomzod Samuel Aboage, milliy xavfsizlik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari Alhoji Muniru Muhammad va uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning birortasi ham omon qolmadi.

Halokat Ashanti mintaqasida yuz berdi. Z-9 vertolyoti foydali qazilmalarni qazib olishga bag‘ishlangan anjumanga yo‘l olgan edi, biroq ma’lum bir paytda radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Aviahalokatning sababi aniqlanmoqda.

Gana prezidenti Jon Dramani Mahama halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi.

Kiritildi: 20:26 06.08.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!