Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan Balogun maydonni tark etganiga qaramay, uchrashuvdan so‘ng g‘alabani nishonlash uchun maydonga qaytgan.
Futbolchi qizil kartochka olganidan keyin belgilangan tartibga rioya qilmagani va o‘yindan keyingi qoidalarni buzgani uchun jami $40 ming jarimaga tortildi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, jarimaning yarmini AQSh futbol federasiyasi qoplab bergan.