Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

G‘alabami yoki strategik mag‘lubiyat? Taker Karlson AQShning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qildi

G‘alabami yoki strategik mag‘lubiyat? Taker Karlson AQShning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qildi

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Qo‘shma Shtatlar Eron bilan bo‘lgan qurolli mojaroda haqiqatan ham g‘alaba qozonganiga jiddiy shubha bildirdi.

Bu haqda sharhlovchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida so‘zlab berdi. Jurnalistning fikricha, Vashingtonning da’vo qilayotgan muvaffaqiyati aslida strategik muvaffaqiyatsizlikka aylangan.

U bir qator asosiy omillarni sanab o‘tdi, jumladan: Tehronda rejimni o‘zgartirishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish, Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalarining vayron etilishi va ulkan moliyaviy xarajatlar. Karlsonning ta’kidlashicha, askarlarning halok bo‘lishi va xom ashyo narxlarining oshishi ushbu qarama-qarshilikda Qo‘shma Shtatlarning zaifligini yana bir bor tasdiqladi.

«Amerika qashshoqlashdi. Amerika kuchsizlandi», — deya xulosa qildi Karlson.

Kiritildi: Bugun 10:16. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!