Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

G20 mamlakatlaridagi milliarderlarning boyliklari oshdi

G20 mamlakatlaridagi milliarderlarning boyliklari oshdi

G20 mamlakatlaridagi milliarderlarning umumiy boyligi so‘nggi bir yil ichida 16,5 foizga o‘sib, 15,6 trillion dollarga yetdi. Bu haqda Forbes nashriga tayanib, Oxfam xalqaro xayriya tashkiloti xabar berdi, deb yozadi DW.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda qashshoqlik chegarasidan pastda yashovchi 3,8 milliard odamga yordam berish uchun taxminan 1,65 trillion dollar yetarli (Jahon banki bu chegarani kuniga bir kishi boshiga 8,3 dollardan past daromad sifatida belgilaydi).

22 noyabr kuni Janubiy Afrikada G20 sammiti boshlanishidan oldin Oxfam Germaniya kansleri Fridrix Mers va boshqa dunyo yetakchilarini kam daromadli mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga, shuningdek, o‘ta boylarga soliqlarni oshirishga chaqirdi.

Oxfam ijtimoiy adolat departamenti rahbari Tobias Xaushild o‘sib borayotgan tengsizlikni "insoniyat uchun jiddiy tahdid" deb ta’rifladi.

“Dunyoning har bir burchagida tengsizlikning kuchayib borishi insoniyat uchun tahdiddir. Bu millionlab odamlarni iqtisodiy qiyinchiliklarga duchor qilmoqda, siyosiy bo‘linishlarni chuqurlashtirmoqda va demokratiyani izdan chiqarmoqda. Hukumatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga yordamni qisqartirayotgan bir paytda, o‘ta boylar hali ham soliqlarning adolatli ulushini to‘lamayotgani mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas”, — dedi u.

Kiritildi: 20:15 22.11.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!