Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

➡️Poytaxtda faoliyat yurituvchi tadbirkor o‘zi rahbarlik qiladigan MCHJ tomonidan Yakkasaroy tumanida barpo etilgan, lekin, bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qilinishi bo‘yicha “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etadigan arizasini ijobiy hal qilib berishi evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif etgan.

📞O‘z navbatida xodim holat bo‘yicha mas’ullarni xabardor qilgan.

☄️DXX va FVV SHXB hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, MCHJ rahbari poytaxt FVBB xodimiga ushbu pul mablag‘ini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🕵️‍♂️Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:24. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!