Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

FVV aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

A A A
FVV aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

Shu kunlarda respublikamizning ko‘plab hududlarida kuzatilayotgan yog‘ingarchilik, sel kelishi holatlaridan aholini ogohlantirish, har qanday vaziyatga tayyor turish yuzasidan ma’lumot berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi murojaat bilan chiqdi.
 
Unga ko‘ra, bugun, 22 may kuni respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. 
 
Ob-havo o‘zgaruvchan,  yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!
 
Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni,  hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda,  FVVning (+99871) 147-10-50 “Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni so‘raladi. 

Kiritildi: 01:45 22.05.2018. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik