Jahon chempionatida akkreditasiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, o‘yinlarga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temiryo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi. Shuningdek, ular uchun o‘yin kunlari jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu haqida Kun Uz nashri yozmoqda.
2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga
Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlari mezbonlik qiladi. Musobaqa 14-sentyabr—6-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.