Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Futbol. Hindiston jamoasi OCHLda "Navbahor"ni mag‘lub etmoqchi

A A A
Futbol. Hindiston jamoasi OCHLda "Navbahor"ni mag‘lub etmoqchi

Hindistonning «Mumbay Siti» klubi bosh murabbiyi Entoni Fernandes Osiyo chempionlar ligais guruh bosqichi 6-turi doirasida bo‘ladigan «Navbahor»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz musobaqadagi ishtirokimizni ijobiy notada yakunlashni istaymiz. Jamoaning so‘nggi 2 ta mashg‘ulotida futbolchilarda mazkur bahsda o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoq yuqori ekani ko‘rindi. Hindiston superligasi o‘yinlari oldidan g‘alaba nashidasini sursak yaxshi bo‘lardi", — dedi murabbiy.

Shuningdek, «Mumbay Siti» futbolchisi Lalliansuala Chxangte quyidagicha fikr bildirdi:

"Biz uchun muhim o‘yin bo‘ladi. O‘yin qiyin o‘tishini kutyapmiz. Mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz, chunki, g‘alaba qozonishni istaymiz. "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda yaxshi o‘ynash uchun bir necha kundan beri mashg‘ulotda jiddiy ishlayapmiz. Jamoadagi muhit yaxshi. Ertaga bor kuchimizni berib harakat qilamiz".

Kiritildi: 11:26 04.12.2023. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!