Furqat tumani IIBning sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning o‘rinbosari Jasur Rasulov sud hukmi bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ular shuningdek, 3 yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Hukm e’lon qilingach, har ikkisi sud zalidanoq qamoqqa olindi.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari — 141-3, 142, 206, 230-2 va 234-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarda aybli deb topilgan.
Jazoni manzil-koloniyalarda o‘taydilar. Jabrlanuvchilarga fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.