Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

A A A
Fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O. o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga qaratilgan harakatlarini davom ettirib, fuqaro M.ni tanishlari yordamida 1 500 AQSh dollari evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishga ishontirib, shundan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:12 20.09.2021. O'qildi: 1605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!