AQSh prezidenti Donald Tramp istiqomat qilayotgan Nyu-Jersi shtati Bedminster shahridagi golf maydonchasi ustidan fuqarolik samolyoti cheklangan havo hududiga kirganidan so‘ng, AQSh Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi.
Bu haqda Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi vakillari ma’lum qildi.
Bayonotda keltirilishicha, qiruvchi samolyotlar “Bedminster ustidagi cheklangan havo hududini buzgan fuqarolik samolyotini tutib olgan”. Bungacha ham hududda bir nechta shunga o‘xshash qonunbuzarliklar sodir bo‘lgan. Harbiylarning aniqlik kiritishicha, tutib olish chog‘ida ular uchuvchining e’tiborini o‘ziga jalb qilish uchun mash’allarni o‘qqa tutgan.