Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi

Fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi


——
Farg‘ona viloyatida yashovchi M.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.A., jabrlanuvchi M.O. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 1 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

⚠️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 13:17 03.08.2024. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!