“Fung-Vong” tayfuni sababli qariyb bir mln kishi xavfsiz joylarga ko‘chishga majbur bo‘ldi — South China Morning Post.
Filippin hukumati vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, Luson orolining ayrim hududlarida jalalar yog‘ishi boshlangan. Ob-havoning yomonlashishi oqibatida 400ta aviareys bekor qilingan, ishxona va ta’lim muassasalari vaqtinchalik yopilgan.
Shamol tezligi 230 km/soatgacha yetmoqda. Bugun tunda tayfun Lusonning sharqiy sohilidagi Aurora provinsiyasiga yetib kelishi kutilmoqda. Mamlakatning markaziy va janubi sharqiy qismlarida eng yuqori – beshinchi darajadagi xavf e’lon qilingan.