Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Fulxem» – «Manchester Siti» o‘yinida 9 ta gol kiritildi. Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi (VIDEO)

«Fulxem» – «Manchester Siti» o‘yinida 9 ta gol kiritildi. Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi (VIDEO)

Angliya chempionatining 14-turida "Manchester Siti" safarda "Fulxem"ni mag‘lub etdi - 5:4.

Mehmonlar safida Erling Xoland bitta gol va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Fil Foden (dubl) va Tidjani Reynders o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida zaxiradan maydonga tushgan Samuel Chukvueze dubl qayd etdi, Emil Smit-Rou va Aleks Ivobi ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bu o‘yinni ham zaxiradan kuzatdi.

"Manchester Siti" ochkolarini 28taga yetkazib, APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Fulxem" 17 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

APL. 14-tur

3 dekabr, 00:30

Fulxem - Manchester Siti - 4:5

Gollar: Xoland, 17 (0:1). Reynders, 37 (0:2). Foden, 44 (0:3). Smit-Rou, 45+2 (1:3). Foden, 48 (1:4). Berge, 54 - o‘z darvozasiga (1:5). Ivobi, 57 (2:5). Chukvueze, 72 (3:5). Chukvueze, 78 (4:5)

Fulxem: Leno, Bassi, Andersen, Sessenyon, Tete (Kastan, 46), Berge, Lukich (Chukvueze, 46), Smit-Rou (King, 74), Ivobi, Uilson (Kevin, 82), Ximenes (Kusi-Asare, 73)

Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Mateus Nunes, Gonsales (Stouns, 64), Bernardu Silva, Reynders (Sherki, 82), Doku (Savio, 64), Foden (Ake, 90+7), Xoland

Ogohlantirish: Sherki, 90

Kiritildi: Bugun 04:27. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!