Bugun iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning ifloslanishi dunyo bo‘ylab barchaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan CO₂ va boshqa zararli gazlarni kamaytirish Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) faoliyatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Agentlik issiqxona gazlarini cheklash, aholi va tabiatni iqlim oqibatlaridan himoya qilish yo‘l xaritalarini yaratish bo‘yicha muntazam ish olib bormoqda. Mazkur jarayonda imtiyozli kreditlar, grantlar va texnik yordam kabi turli moliyaviy instrumentlar keng safarbar etiladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan FTAning «Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasi ham aynan shu xayrli maqsadga xizmat qiladi. Loyiha chorvachilik sektorida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda fermer xo‘jaliklarining iqlimga chidamliligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirmoqda.