Hindiston 40 ga yaqin kanadalik diplomatni 10 oktyabrgacha vataniga qaytishini talab qildi.
Bu haqda “FT" xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Nyu-Dehli belgilangan muddatdan keyin Hindistonda qoladigan Kanada vakillarini diplomatik daxlsizlikdan mahrum qilish bilan tahdid qilgan.
Kanada tashqi ishlar vazirligi ham, Hindiston hukumati ham nashr so‘roviga javob berishdan bosh tortdi.