Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

FT: AQSh va “Putinning do‘sti” Yevropada “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini qayta ishga tushirish ustida ishlayapti

 FT: AQSh va “Putinning do‘sti” Yevropada “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini qayta ishga tushirish ustida ishlayapti

"Bu jarayon Donald Trampning Moskva bilan yaqinlashishi ko‘lamini namoyon qilmoqda", deb yozadi Financial Times.

Manbalarga ko‘ra, bitim tashabbuskori Mattias Varnig bo‘lib, u Sharqiy Germaniyada Shtazi maxsus xizmati ofiseri bo‘lgan va Vladimir Putinning do‘sti sanalgan shaxsdir. Varnig 2023 yilgacha “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurining “Gazprom” tarkibidagi bosh kompaniyaga rahbarlik qilgan.

FT suhbatdoshlarining aytishicha, Varnigning rejasi Tramp jamoasi bilan aloqalar o‘rnatish, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha norasmiy muzokaralar o‘tkazish va buni AQSH-Rossiya iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Buning uchun Amerika biznes doiralari vositachilik qilishi ko‘zda tutilgan.

Vashingtondagi rasmiylarning ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyatining ayrim a’zolari ushbu tashabbusdan xabardor va buni Moskva bilan munosabatlarni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida ko‘rmoqda. Jamoa quvurni "Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarda foydalanish mumkin bo‘lgan strategik aktiv" deb baholamoqda.

"AQShlik investorlar konsorsiumi “Gazprom” bilan sanksiyalar olib tashlangandan keyin kuchga kiradigan dastlabki kelishuv shartlarini allaqachon ishlab chiqqan. Yevroittifoqning yuqori martabali amaldorlari bu muzokaralardan xabardor bo‘lib, bir qator Yevropa davlatlari rahbarlari bundan xavotir bildirgan. Qo‘shma Shtatlar bu orqali Yevropaning energiya ta’minoti ustidan misli ko‘rilmagan ta’sirga ega bo‘lishi mumkin, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirgan hozirgi davrda bu juda ham dolzarb hisoblanadi", deb yozadi Financial Times.

Biroq bularning barchasi uchun AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi, Germaniya esa Yevropadagi xaridorlarga gaz tranzitiga ruxsat berishi lozim.

Shu bilan birga, Varnig FT nashriga amerikalik siyosatchilar yoki tadbirkorlar bilan muzokaralarda ishtirok etmayotganini va AQSh sanksiyalari ostidagi shaxs sifatida barcha tegishli qoidalarga rioya qilayotganini aytgan.

Kiritildi: 15:20 02.03.2025. O'qildi: 4426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!