Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qurilishda ishlayotgan yurtdoshlarimizni 20 ming gektar yer maydonida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent”dagi qurilish ishlariga taklif etmoqda.
Bunda 38 turdagi yo‘nalishda 10 mingga yaqin soha vakillariga talab mavjud. Oylik-maosh ish turi va soatidan kelib chiqib, o‘rtacha 8 mln so‘mdan 15 mln so‘mgachani tashkil etadi. Ishchilar yotoqxona, kiyim-kechak, transport xizmati va 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
Talabgorlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1176 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.