Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Tusk: "London sammiti ishtirokchilarining Rossiya aktivlari bo‘yicha fikrlari ikkiga bo‘lindi, ba’zilar qo‘rqmoqda"

Tusk: "London sammiti ishtirokchilarining Rossiya aktivlari bo‘yicha fikrlari ikkiga bo‘lindi, ba’zilar qo‘rqmoqda"

Londondagi sammitda ishtirok etayotgan davlatlar muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Kiyevni moliyalashtirish uchun foydalanish masalasida bir to‘xtamga kelmadi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk jurnalistlarga ma’lum qildi.

Polsha bosh vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida efirga uzatilgan matbuot anjumanida Tusk, "Bu masala bo‘yicha aniq to‘xtam yo‘q”, dedi. "Ba’zilar har qanday oqibatlardan juda qo‘rqishadi - yevro, bank tizimi uchun. Hamma joyda ham bu g‘oyaga ishtiyoq yo‘q", - deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.

"Hozirda biz uchun eng muhimi, iyun oyida antiRossiya sanksiyalarni uzaytirish uchun qo‘limizda bo‘lgan narsani saqlab qolishdir", dedi bosh vazir. U Vengriyaning bu boradagi pozisiyasi “Vashington takliflari”ga bog‘liq bo‘lishini kutmoqda. "Mening fikrimcha, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari musodara qilinishi ehtimoli past ko‘rinadi. Shuning uchun biz hech bo‘lmaganda iyun oyida sanksiyalarni uzaytirishga e’tibor qaratishimiz kerak", - deya xulosa qildi u.

Evropa Ittifoqi, Kanada, AQSh va Yaponiya maxsus harbiy operasiya boshlanganidan so‘ng Rossiyaning qariyb 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Ularning taxminan 5-6 milliard dollari AQShda, aksariyati Yevropada, jumladan Belgiyadagi xalqaro Euroclear platformasi (u yerda 210 milliard dollar saqlanadi).

Kiritildi: Bugun 00:38. O'qildi: 2032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!