Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

FSB Turkiya va Yevropani energiya bilan ta’minlovchi neft-gaz majmuasiga terrorchilik hujumining oldini oldi

A A A
FSB Turkiya va Yevropani energiya bilan ta’minlovchi neft-gaz majmuasiga terrorchilik hujumining oldini oldi

Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Turkiya va Yevropani energiya bilan ta’minlovchi neft-gaz majmuasida terakt sodir etilishining oldini oldi. Bu haqda FSB Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar tarqatmoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kishi jinoyatni sodir etishni rejalashtirgan. Ulardan biri Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgan Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) xodimi, qolganlari uning sheriklari. Hibsga olinganlarning barchasi SBU tomonidan yollangan Rossiya fuqarolari.

Hujumni rejalashtirgan jinoyatchini qo‘lga olish chog‘ida FSB xodimlari uning yashiringan joyidan ikkita qo‘lbola yuqori quvvatli to‘plangan portlovchi moslamani olib qo‘yishdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 16:43 22.09.2022. O'qildi: 3206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!