Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Freddi Merkyurining yashirin qiz haqidagi sir oshkor etildi

Freddi Merkyurining yashirin qiz haqidagi sir oshkor etildi

Britaniyaning Queen guruhi xonandasi Freddi Merkyuri qizi borligini yashirgan.

Bu haqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi Lesli-Enn Jons tomonidan yozilgan "Sevgi bilan Freddi" nomli san’atkorning tarjimai holi aks etgan yangi kitobga tayanib yozmoqda.

"Uning mavjudligi faqat Merkyuriyning eng yaqin atrofidagilarga, shu jumladan uning ota-onasi va singlisiga, guruhning qolgan a’zolariga va uning butun hayotidagi sevgisi Meri Ostinga ma’lum edi," - deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, hozirda Merkyurining qizi 48 yoshda, u shifokor, Yevropada yashaydi va farzandlari bor. Shu bilan birga, uning ismi tilga olinmagan va kitobning birinchi bobidagi xati ostiga ayol shunchaki lotincha "B" harfi bilan imzo chekkan. U, shuningdek, bolaligida Merkyuri bilan birga yashamaganini, ammo u tez-tez tashrif buyurganini aytdi.

Kiritildi: 06:38 24.05.2025. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!