Fransiya og‘ir iqtisodiy ahvolda, mamlakatning davlat qarzi har soniyada 5000 yevroga oshib bormoqda.
Bu haqda respublika bosh vaziri Fransua Bayru fuqarolarga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qilgan.
"Fransiyaning qarzi har soniyada kechayu kunduz 5 ming yevroga oshib bormoqda", — dedi hukumat rahbari.
Unga ko‘ra, mamlakatning davlat qarzi allaqachon 3,4 trillion yevroga yetgan. "Bu hatto tasavvur qilish qiyin bo‘lgan miqdor", dedi Bayru.
Bosh vazir ortiqcha qarzni Fransiya iqtisodiyoti uchun asosiy tahdid deb atadi va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini ma’lum qildi. U, shuningdek, Fransiya davlat qarziga xizmat ko‘rsatish narxining tez oshib borayotganiga ishora qildi. "2026 yilda qarz bo‘yicha foiz xarajatlari 8 mlrd yevroga oshadi. 2027 yilda esa hech narsa qilinmasa, 10 mlrd yevroga ko‘p bo‘ladi. Va agar biz hech narsa qilmaslikda davom esak, 2029 yilga kelib bu xarajatlar miqdori yiliga 100 mlrd yevroga etadi", - deya ta’kidladi vazirlar mahkamasi rahbari. 2024 yilda qarzga xizmat ko‘rsatish qiymati 59 milliard yevroni tashkil etdi. Bayru, shuningdek, Fransiyada byudjet nomutanosibligi 50 yildan ortiq davom etayotganini, bu qabul qilib bo‘lmas ekanligini qo‘shimcha qildi. "Fransiyaning so‘nggi muvozanatli byudjeti 1974 yilda taqdim etilgan edi, bu haqda o‘ylash ham qiyin", dedi bosh vazir.