Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qilishicha, mamlakatda o‘rta maktablarda amal qilayotgan telefondan foydalanish taqiqlari kelgusi o‘quv yilidan yuqori sinflarga ham tatbiq etiladi.
2025 yildan “raqamli tanaffus” qoidasi bosqichma-bosqich joriy etila boshlangan va bugunga qadar yuzga yaqin maktabda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan.
Makronga ko‘ra, chora yoshlar o‘rtasida kuchayib borayotgan yolg‘izlik va ruhiy salomatlik muammolarini kamaytirishga qaratilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt o‘tkazish bu holatga asosiy omil bo‘layotgani qayd etilmoqda.