Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada yuqori sinf o‘quvchilari maktablarni yopishni talab qilmoqda

Fransiyada yuqori sinf o‘quvchilari maktablarni yopishni talab qilmoqda

Fransiyaning Parij, Nant va Bezanson shaharlaridagi yuqori sinf o‘quvchilari maktablarga kirishni yopib qo‘yishdi. Ular yangi lokdaun sharoitida sanitariya me’yorlariga rioya etilmayotganidan noroziligini shunday ifodalashgan

Ayniqsa, pandemiya sharoitida ijtimoiy masofaga yetarli darajada e’tibor qaralmayotgani ularning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Xususan, o‘quvchilar bir-birlari bilan yonma-yon o‘tirishgani va odatiy vaqtdagi o‘qish sharoitlaridan hech qanday farq sezishmayotganliklaridan shikoyat qilishgan.

Oqibatda Parijda yuqori sinf o‘quvchilari ertalabdan qariyb o‘nta liseyni “bloklab” qo‘ygan. Ammo polisiya aralashuvi bilan taxminan soat 9:30da ta’lim maskanlari eshiklari ochilgan.

“Le Figaro” gazetasi axborotiga ko‘ra, poytaxtning X okgrugidagi Kolber liseyi o‘quvchilari va huquq-tartibot xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Hatto bir guruh o‘quvchilar maktab binosiga shisha idishlarni otgan.

Polisiya tomonidan ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llanilgandan so‘nggina norozi yoshlar tarqatilgan. O‘quvchilarning aytishicha, huquq-tartibot organlari tomonidan rezina tayoqlar ham ishlatilgan.

Oqibatda bir kishi jarohatlangan. 40 nafar yuqori sinf o‘quvchisi esa 135 yevrodan jarimaga tortilgan. Bunday aksiyalar Nant va Bezansondan ham ro‘y berdi. Maktablarni ochish uchun polisiya aralashishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabrdan boshlab Fransiyada yangi lokdaun joriy etilgan. Ammo maktablar, bog‘chalar sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 09:29 05.11.2020. O'qildi: 2471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!