Bu yilgi o‘rmon yong‘inlari boshlanganidan beri Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari qasddan o‘t qo‘yishda gumon qilingan 263 kishini hibsga oldi.
Le Parisien gazetasi bu haqda Fransiya hukumati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qo‘lga olinganlarning 92 nafari voyaga yetmaganlar ekanligi ta’kidlanmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, yoz mavsumi boshidan beri Yevropada o‘rmon yong‘inlari bilan birga g‘ayritabiiy issiqlik kuzatilmoqda. Ispaniya va Fransiyada ular rekord darajaga yetdi, bu esa taxminan 360 000 kishini evakuasiya qilishga majbur qildi. Yevropa Komissiyasi ilgari Yevropa Ittifoqi fuqarolik mudofaasi mexanizmi orqali yong‘inlarga qarshi kurashish uchun 13 ta samolyot va to‘rtta vertolyot, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bo‘ylab yuzlab o‘t o‘chiruvchilar safarbar qilinganini e’lon qilgan edi.