Fransiyada bolalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ochiq joylarda chekish taqiqlanadi: plyajlar, bog‘lar, maktablar yaqinidagi hududlar, avtobus bekatlari va sport maydonchalari, dedi Sog‘liqni saqlash va oila vaziri Ketrin Votrin.
Barlar va kafelarning ochiq joylari bundan mustasno bo‘ladi. Taqiq 1 iyuldan kuchga kiradi.
"Bolalar bor joyda tamaki yo‘qolishi kerak", dedi Vautrin Ouyest-France nashriga va "bolalar toza havodan nafas olish erkinligi boshlangan joyda chekish erkinligi tugashi kerak" deb tushuntirdi.
Qoidabuzarlar 135 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.
Fransiyaning La Ligue Contre le Cancer saraton assosiasiyasio‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, fransuzlarning deyarli 80 foizi plyajlar, bog‘lar, teraslar va boshqa jamoat joylarida chekishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, frantsuzlarning 23,1 foizi har kuni chekadi.