Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiya X ijtimoiy tarmog‘i ustidan tergov boshladi

Fransiya X ijtimoiy tarmog‘i ustidan tergov boshladi

Fransiya prokuraturasi X ijtimoiy tarmog‘iga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Amerikalik milliarder Ilon Maskning platformasi xorijiy aralashuv maqsadida algoritmlarni manipulyasiya qilishda gumon qilinmoqda.

Jinoiy ish yanvar oyida boshlangan tergovdan so‘ng ochilgan, deya xabar beradi Politico. Fransiyalik qonun chiqaruvchining anonim shikoyatida aytilishicha, X ijtimoiy tarmog‘i ko‘p miqdorda nafrat, irqchilik mazmunidagi siyosiy kontentni tarqatmoqda.

Politico nashrining qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi deyarli ikki yildan beri ijtimoiy tarmoq bo‘yicha alohida tergov olib bormoqda. Platforma rahbariyati raqamli xizmatlar haqidagi qonunni buzganlikda gumon qilinmoqda. Nashrning yozishicha, algoritmlarni manipulyasiya qilish gumoni bu ishga Ilon Mask "Germaniya uchun muqobil" o‘ta o‘ngchi partiyasi yetakchisi Elis Vaydel bilan X telekanalida ko‘rsatuv o‘tkazganidan keyin qo‘shilgan.

Kiritildi: 10:30 12.07.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!