Parij va Pekin Ukrainada tezroq o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilishi tarafdori. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron XXR raisi Si Szinpin bilan telefon suhbati yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
"Bizga mustahkam va barqaror tinchlik kerak. U zudlik bilan va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishdan boshlanadi," deb yozgan Makron X'dagi sahifasida va bu Fransiya va Xitoyning umumiy pozisiyasi ekanini qayd etgan.
Suhbatdoshlar Ukraina atrofidagi vaziyatdan tashqari, Yaqin Sharqdagi mojaroni, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni muhokama qilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukraina bilan kelajakdagi tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum ustida ishlashga tayyorligini, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish masalalari va mojaroni hal qilish tamoyillarini o‘z ichiga olishi mumkinligini aytgan edi.