Parij va Varshava harbiy-havo kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ularning doirasida Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish amaliyotlari ishlab chiqiladi.
Bu haqda «Wirtualna Polska» nashri yozmoqda.
Mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy sifatida Polshaning shimoliy qismi va Boltiq dengizi tanlanishi rejalashtirilayotgani qayd etilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa amaliyotlar qatori Polsha aviasiyasi «Sankt-Peterburg yaqinidagi muhim nishonlarga» an’aviy (konvensional) qurollar bilan zarba berish imitasiyasini amalga oshiradi.