Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza talablarini kuchaytirdi

A A A
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza talablarini kuchaytirdi

Fransiya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun o‘z dengiz hududlariga kirish qoidalarini kuchaytirdi. Bu haqda 16 iyun, dushanba kuni Rossiya sayyohlik operatorlari uyushmasi ma’lum qildi, deb yozadi DW.

Ilgari yuqorida qayd etilgan hududlarga tashrif buyurish uchun rossiyaliklar va belaruslarga kamida 6 oy muddatga berilgan C toifali fransuz ko‘p martalik vizasi yetarli bo‘lsa, endilikda maxsus DFA vizasi talab qilinadi.

Ispaniya, shuningdek, Rossiya fuqarolaridan Ispaniya aeroportlariga o‘tishda tranzit vizasiga ega bo‘lishini talab qiladi.

Gap quyidagi hududlar haqida ketmoqda: Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Uollis va Futuna, Gvadelupa, Martinika, Sent-Marten, Sent-Bartelemi, Reyunyon, Mayotta, Fransiya Gvianasi, Sen-Pyer va Mikelon.

Yangi talablar uzoq muddatli D toifali Fransiya vizasi egalariga, shuningdek, Shengen zonasi va Yevropa iqtisodiy hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

(EIga Yevropa Ittifoqi davlatlaridan tashqari Islandiya, Norvegiya va Lixtenshteyn kiradi.)

Kiritildi: 23:25 18.06.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!