Fransiya boshqa Yevropa davlatlarida yadroviy bombalar bilan qurollangan samolyotlarni joylashtirishga tayyor, dedi Makron
Makronning boshqa bayonotlari:
- Ukrainaliklar yo‘qotilgan hududlarni qaytarib ololmasligini aniq tushunishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, janglar yakunlanishi va Ukraina “muzokaralarga qaytish uchun eng yaxshi holatda bo‘lishi” “hududiy masalalarni hal qilishga imkon beradi”;
- Biz uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emasmiz. U, shuningdek, yevropaliklar "oldingi safda turmasliklari" kerakligini qo‘shimcha qildi;
- Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlarini yuridik asoslar yo‘qligi sababli musodara qilib bo‘lmasligini, qolaversa, sanksiyalar rejimi bekor qilingan taqdirda Rossiya ularni qaytarib olishi mumkinligini aytdi;
- Fransiya Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytira olmaydi, chunki u allaqachon Ukrainaga "qo‘lidan kelganini barchasi berib bo‘lgan.