Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya Ukrainaga ilk bor Mirage qiruvchilarini topshirdi

Fransiya Ukrainaga ilk bor Mirage qiruvchilarini topshirdi

Fransiya Ukrainaga Mirage 2000 qiruvchi samolyotlarining ilk partiyasini yetkazib berdi. Ularni boshqarayotgan ukrainalik uchuvchilar Fransiya harbiy maktablarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu X platformasida e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarda qancha samolyot yetkazilgani aniq ko‘rsatilmagan. Biroq OAV xabarlariga ko‘ra, Fransiya harbiy-havo kuchlari o‘zidagi 26 ta Mirage 2000-5 dan 6 tasini Ukrainaga berishi mumkin. Ushbu ko‘p maqsadli qiruvchilar havo janglari hamda yer usti nishonlariga hujum qilish uchun mo‘ljallangan.

Bungacha Parij Kiyevga turli harbiy yordam ko‘rsatgan edi, biroq bu safar Fransiya ilk bor Ukrainaga g‘arb qiruvchi samolyotlarini topshirdi. Shuningdek, Fransiya ukrainalik harbiylarning tayyorgarligini davom ettirmoqda va harbiy yordamni yanada kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 07:42 07.02.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!