Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Fransiya turnirida para suzuvchilarimiz 3 ta medalli bo‘ldi

Fransiya turnirida para suzuvchilarimiz 3 ta medalli bo‘ldi

Para suzish bo‘yicha Fransiyaning Limoj shahrida o‘tayotgan jahon seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqada yurtimizning matonatli sportchilari munosib ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Turnirning S13 klassida erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan joy oldi.

Islam Aslanov 52.40 soniya bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. 53.19 soniya natija ko‘rsatgan Muzaffar Tursunxo‘jayev delegasiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Ushbu yo‘nalishda g‘oliblik fransiyalik sportchiga nasib etdi.

Musobaqaning S13 klassida erkaklar o‘rtasida 100 metrga brass usulda suzish bahslarida hamyurtimiz Firdavs Musabekov 1 daqiqayu 7.91 soniya natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bu terma jamoamiz a’zolarining umumiy medallar sonini uchtaga yetishini ta’minladi.

Musobaqalar davom etmoqda.

Kiritildi: 18:56 28.05.2023. O'qildi: 2079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!