"Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate klubga faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishni istayotgani va ushbu transfer oynasida "qaymoqranglilar" safiga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mersisaydliklar rahbariyati Konateni sotishga tayyor. Shu bilan birga, klub erkin agent sifatida "Real"ga ketgan Aleksandr-Arnold kabi himoyachini tekinga yo‘qotishdan qo‘rqmoqda. Konatening o‘zi esa faqat "Real"ga o‘tish haqida o‘ylamoqda.
"Liverpul"ning fransiyalik futbolchi bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi. O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi "qizillar" safida 42 ta o‘yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali Konatening narxini 60 mln yevroga baholamoqda.