Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonnaning aytishicha, Kiyev qo‘shimcha CAESAR o‘ziyurar artilleriya moslamalarini tez yetkazib berishga umid qilishi mumkin.
Bu haqda u Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Fransiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Parij qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni tezlashtirgan.
"Biz tezroq ishlab chiqarishni boshlaganimizdan so‘ng, siz qo‘shimcha CAESARlarni olasiz", dedi Kolonna.
Shu bilan birga, u barcha Yevropa davlatlari o‘z iqtisodiyotlarini tezlashtirilgan qurol ishlab chiqarishga moslashtirishi kerakligini ta’kidladi.